O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida 11 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 2,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 6 476 tonna limon import qilingan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida 11 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 2,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 6 476 tonna limon import qilingan.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 360 tonnaga yoki 2,3 barobarga kamaygan.
2025-yilning 9 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p limon yetkazib bergan davlatlar:
🇹🇯Tojikiston – 2 107 tonna;
🇹🇷Turkiya – 1 968 tonna;
🇨🇳Xitoy – 1 034 tonna;
🇦🇷Argentina – 482 tonna;
🇰🇿Qozog‘iston – 331 tonna;
Boshqa davlatlar – 554 tonna.
Aholining limonga bo‘lgan ehtiyoji ortib borayotgani inobatga olinsa, mahalliy limon yetishtirish hajmini oshirish uchun yaxshi imkoniyat mavjud.