“Quva-Agro Star” MChJ o‘zining yangicha yondashuvga ega “Mobil-Ko‘chatchi” loyihasini ishga tushirdi
“Quva-Agro Star” MChJ o‘zining yangicha yondashuvga ega “Mobil-Ko‘chatchi” loyihasini ishga tushirdi. Loyiha orqali 📞 1419 qisqa raqamiga kelib tushgan buyurtmalar tezkor ko‘rib chiqilib, dastlabki mijozlarga 🌳 in-vitro payvand usulida ko‘paytirilgan mevali ko‘chatlar yetkazib berildi. Xodimlar ko‘chatlarni joyiga ekib, parvarish bo‘yicha agronomik tavsiyalarni ham berib o‘tdi.
Dastlabki buyurtmalar Quva tumani, Quvasoy shahri va Oltiariq tumanlaridan qabul qilindi — bu esa xizmatning hududlarda katta qiziqish uyg‘otayotganini ko‘rsatmoqda.
Ko‘chatlarning o‘zingizga qulay tarzda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uyingizgacha yetkazilishini xohlaysizmi? Unda 📞 1419 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling — sifatli, in-vitro ko‘chatlar endi birgina murojaat bilan hovlingizga yetib boradi!