🍎 2025 yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekiston 10 ta davlatga olma eksport qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil yanvar–avgust oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy mamlakatga jami 22,6 ming tonna olmani 11,6 million AQSh dollari qiymatida eksport qilgan.
Asosiy eksport yoʻnalishlari quyidagicha boʻldi:
Rossiya — 10 721 tonna
Qozogʻiston — 10 098 tonna
Qirgʻiz Respublikasi — 1 275 tonna
Turkmaniston — 167,4 tonna
Iroq — 164,3 tonna
Boshqa davlatlarga esa 192,2 tonna olma eksport qilingan.
Maʼlumotlardan koʻrinib turibdiki, oʻzbek mevalariga tashqi bozorlarda barqaror talab saqlanib qolmoqda va yetkazib berish geografiyasi kengaymoqda.