🍑 Oʻzbekiston xorijga 1,5 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi!
📊 Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida Oʻzbekistondan 1,6 million tonna meva va sabzavot mahsulotlari xorijga eksport qilindi.
💰 Qiymati qariyb 1,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
📈 Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 111,5 ming tonna (+7,5%) koʻp.
Eksport umumiy hajmdagi ulushi — 5,5%.
🍎 Tarkibi quyidagicha:
Meva va rezavorlar — 456,1 ming tonna
Sabzavotlar — 504,4 ming tonna
Tarvuz-qovun — 229,2 ming tonna
Eryongʻoq va yongʻoq mahsulotlari — 17,7 ming tonna
Mosh — 36,4 ming tonna
Boshqalar — 362,5 ming tonna
📦 Ushbu natijalar Oʻzbekiston mahsulotlariga boʻlgan talab ortib borayotganini koʻrsatadi.
Bundan avvalgi postlarda biz “Quva-Agro Star” kompaniyasining London va Tokio shaharlariga amalga oshirgan eksportlari haqida ham maʼlum qilgan edik. 🌍✨