“Quva-Agro Star” — mamlakatimiz nomini faxr bilan dunyoga tanitmoqda.
🍇 2025 yilning sentyabr–oktyabr oylarida kompaniya xalqaro bozorlarda yangi eksport yo‘nalishlarini faol rivojlantirdi — Yaponiya va Buyuk Britaniya!
🇯🇵 Yaponiya:
Washin Trading Co., Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda Tokio shahriga uzum, anor va hurmo mahsulotlari yetkazib berildi.
Bugun yapon do‘konlarida “Made in Uzbekistan” yorlig‘i ostidagi o‘zbek uzumi xaridorlar e’tiborida! 🍇🇯🇵
🇬🇧 Buyuk Britaniya:
BAYKUS FOODS LTD kompaniyasi bilan umumiy qiymati 1 million dollarlik eksport shartnomasi imzolandi.
Londonda o‘zbek uzumi, anor, hurmo, bexi va “Torpedo” hamda “Kukcha” qovunlari sotuvga chiqdi! 🍈🇬🇧
✨ Bu yutuqlar nafaqat O‘zbekiston meva-sabzavotlarini Yevropa va Osiyo bozorlariga olib chiqishda muhim qadam, balki “Made in Uzbekistan” brendini dunyo miqyosida mustahkamlashda ham katta ahamiyatga ega.
🌱 “Quva-Agro Star” jamoasi xalqaro hamkorlikni kengaytirib, yangi davlatlar va yangi bozorlarda ishlashni davom ettiradi!